Пятница, 16.05.2025, 08:21
VOY.TARONA.NET zamonaviy portal
| RSS

Меню сайта
Категории раздела
SHOU-BIZNES [3]
KINO YANGILIKLARI [0]
PSIXOLOGIYA [0]
KLIP (TAS-IX) [3]
MP3 KO'CHIRIB OLISH [3]
QIZIQARLI MA'LUMOTLAR [1]
FUTBOL YANGILIKLARI [1]
MOBIL TELEFONLAR [0]
Мини-чат
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 125
Статистика
Главная » 2011 » Июль » 9 » KinoPremyera: “SЕNGA MUHTOJMAN”. Yana boy va kambag’al oila muammosi! QIZIQ, ZARINA NIZOMIDDINOVA BIR XILLIKDAN CHEKINADIMI...
06:52
KinoPremyera: “SЕNGA MUHTOJMAN”. Yana boy va kambag’al oila muammosi! QIZIQ, ZARINA NIZOMIDDINOVA BIR XILLIKDAN CHEKINADIMI...

"Kinoreyd”imizni davom ettirgan holda bu gal "Senga muhtojman” filmini tomosha qilishga kirdik. Albatta, fikrlarimiz va tahlilimiz sizga qiziq bo`lsa, maqolamiz davomiga ko`z yugurtiring! Garchi film mazmuni oilada qizning otasiga bo’lgan muhabbati asosiga qurilgan bo’lsada u borib-borib odatiy yigit-qiz muhabbatiga va oilalar o’rtasidagi tafovutga ulanib ketadi...

Yutuq...

  • Kadrlar ularni naqadar mahoratli operator suratga olganligini bildirib turadi. Buning uchun Bahrom Berdiyevga tasanno aytish kerak. Ular yorqin va zamonaviy.
  • Bosh qahramonni ijro etgan yigit garchi boy oiladan bo’lsada uning ijobiy tomonga o’zgarishlari tomoshabinda iliq munosabat uyg’otadi.
  • Kartinada uchta yorqin aktyorni uchratish mumkin. Muyassar Berdiqulova, Akbarxo’ja Rasulov, hamda Zarina Nizomiddinova. Qolganlar ikkinchi darajali aktyorlar bo’lsa-da, film ishonarli chiqqan.

Kamchilik...


  • Otasi og’ir ahvolga tushib qolgan shifokor qiz tezda shifokorlarga xos ish tutishi lozim edi. Ammo u oddiy qizlarga o’xshab otasinining tepasida ko’z yosh to’kishdan bo’shamaydi.
  • Filmda dovul so’zi ko’p ishlatiladi. Uning qon ekanligi va u milliondan bitta insonlarda uchrashi esa film yakuniga yaqin tomoshabinga ma’lum bo’ladi. Bungacha bu atama tomoshabinning qiziqishini oshirmay balki, me’dasiga tega boshlaydi. Qizning otasini asrash uchun harakat qilayotgani garchi film yakunida oshkor etilsa-da, unchaga uning boshidan o’tayotganlarini tushunarsiz ravishda qabul qilasiz. Avvaliga uning harakatlari palatada yotgan bemor onaxonni qutqarish uchun sarflanayotgandek, tuyuladi.
  • Bosh qahramon obrazini talqin etgan Zarina Nizomiddinovaning bu galgi roli ham faqatgina ko’zlariga bog’liq bo’lib qolgan. Uning nigohlari o’zi suratga tushgan "Romeo va Julyetta yoxud la’natlangan sevgi qissasi” filmida qanday bo’lgan bo’lsa, keyingi filmi "Qorako’z”da ham, bu "Senga muhtojman”da ham o’zgarmaydi. Demak, endi u mutlaqo boshqacha obrazlarda o’zini sinab ko’rgani ma’qulmi..?
  • Dushman qiz obrazini ijro etgan aktrisa kasalxonaga kirib keladi, hamshiraga do’q qilib, osma ukolni yiqitib ketadi... Lekin hech kim uni ushlamaydi ham, nima qilding deb so’ramaydi ham. Bu balki hamma kasal bilan ovora bo’lib qolgani uchundir...

Ma’lumot: Ssenariy muallifi — Nurillo Abbosxon, Operator — Bahrom Berdiyev, Rejissyor — Hasan G’ofurov.

"Senga muhtojman” kartinasida ayrim hayotiy haqiqatlar yaxshi ochib berilgan va bu tomoshabinni o’ylashga majbur etadi.

Kuzatuv: "Ishonch” va "Men senga muhtojman” filmlaridagi yana bir o’xshashlik sifatida ularning chiptalari va reklama banerlaridagi bir xillikni aytish mumkin. Har ikkalasida ham bosh qahramonlar uchburchak shaklida aks ettirilgan.

Просмотров: 4936 | Добавил: madina | Теги: Senga Muhtojman | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 1
!!
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Поиск
Календарь
«  Июль 2011  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz
  • Copyright MyCorp © 2025
    Создать бесплатный сайт с uCoz