Пятница, 26.04.2024, 03:06
VOY.TARONA.NET zamonaviy portal
| RSS

Меню сайта
Категории раздела
SHOU-BIZNES [3]
KINO YANGILIKLARI [0]
PSIXOLOGIYA [0]
KLIP (TAS-IX) [3]
MP3 KO'CHIRIB OLISH [3]
QIZIQARLI MA'LUMOTLAR [1]
FUTBOL YANGILIKLARI [1]
MOBIL TELEFONLAR [0]
Мини-чат
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 125
Статистика
Главная » 2011 » Июнь » 22 » Ulug'bek Rahmatullayevning klipida nega rus qizi chiqdi?
22:02
Ulug'bek Rahmatullayevning klipida nega rus qizi chiqdi?

Ulug'bek Rahmatullaevning ijodiga mansub "Ko'zlaringga qarab" klipi TVM telekanalida eng ko'p so'ralayotgan va shu bilan birga eng ko'p tanqidga uchrayotgan klip bo'lib turibdi. Xo'sh, bu tanqidlarning asl sababi nima ekan? Bu tanqidlar sababi Ulug'bekning klipida rus millatiga mansub qiz suratga tushganligi bo'lmoqda.  Biz bu borada qiziqib, Ulug'bek Rahmatullaevdan nima sababdan o'z klipida rus millatiga mansub qizni suratga tushirganligi va shu yuzasidan kelib chiqqan tanqidlarga bo'lgan munosabati haqida so'radik. "Biz O'zbekistonda, ya'ni demokratik davlatda yashamoqdamiz. Shu bilan birga bizda millatchilik, degan narsa yo'q. Bu klipimizda rus qizi suratga tushgan bo'lsa, keyingi kliplarda koreys yoki bo'lmasa afro-amerikalik qizni olib chiqishimiz ham mumkin. Shu yuzasidan bo'layotgan tanqidlarga yengil munosabatda bo'laman. Chunki, bu aslida tanqid ostiga olinishga arzimaydigan sabab." - deydi, Ulug'bek Rahmatullaev.

Shuningdek, Ulug'bek Rahmatullaevdan bir qator yangiliklar bilan ham sizni tanishtirib o'tamiz. Sevimli yulduzingiz endi Farg'ona vodiysi bo'ylab gastrol konsert dasturini uyushtiradigan bo'ldi. Avval aytib o'tganimiz "Bemor" taronasi ham tayyor bo'ldi. Eslatib o'tamiz, ushbu qo'shiq bastakori ham "Ko'zlaringga qarab" qo'shig'ini yozgan Ahmad Xojimatov hisoblanadi. Mazkur qo'shiq uchun Narimon Sultonxo'jaev tomonidan ishlanadigan klip ham tez orada muxlislar hukmiga tortiq etiladi.

Ertaga 18:30da "O'zbegim taronasi" radiosi orqali Ulug'bek Rahmattullaev qo'llab kelayotgan yosh xonanda Jasmir ijodidan "Sog'indim" nomli yangi taronani ham ilk bora tinglashingiz mumkin bo'ladi. Mazkur qo'shiq musiqasini ham aynan Ulug'bek Rahmatullaev yozganligi alohida ahamiyatga ega. Aranjirovka muallifi esa Jasur Badalboev.

Просмотров: 2236 | Добавил: madina | Теги: Ulug'bek Rahmatullayev, rus, Nega | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Поиск
Календарь
«  Июнь 2011  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024
    Создать бесплатный сайт с uCoz